locale OZ

Lans prezidenti: «Biz APL klubi uchun farm-jamoa bo‘lishni istamaymiz»

Klub o‘tgan mavsumda Fransiyada 2-o‘rinni egalladi.
Lans prezidenti: “Biz APL klubi uchun farm-jamoa bo‘lishni istamaymiz”
ФОТО: Getty images

Lans prezidenti Jozef Ugurlyan klubga Angliya klublaridan biri uchun farm-jamoaga aylanish taklifi tushganini, biroq bu g‘oyani qat’iy rad etganini ma’lum qildi.

Buni tasavvur qilishning o‘zi qiyin! Ha, bizga shunday taklif tushgandi, ammo bu men hech qachon ko‘rib chiqmaydigan variant. Bu klubning qadriyatlari va DNKiga mutlaqo mos kelmaydi.

Bizda hali oz bo‘lsa-da kuch bor ekan, bunday yo‘lni tanlashni istamaymiz. Balki men qandaydir jihatdan noto‘g‘ri o‘ylayotgandirman, ammo shaxsan men buni Fransiya futboli uchun juda achinarli holat deb bilaman.

Biz — Fransiyamiz. Biz jahon chempionatining yarim finalchisi bo‘lgan mamlakatmiz. Dunyoda eng ko‘p futbolchi yetishtirib beradigan davlatlardan birimiz. Biz Angliya Premyer-ligasi uchun ikkinchi darajali liga bo‘lish emas, balki undan ham yuksak maqsadlarni ko‘zlashimiz kerak», — dedi Ugurlyan.

Eslatib o‘tamiz, “Lans” 2025/26 yilgi mavsumda Fransiya Kubogini qo‘lga kiritdi hamda Liga 1 chempionatini ikkinchi o‘rinda yakunladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting