locale OZ

Lamine Yamal sevgilisi bilan birga yashay boshladi

Shu tariqa juftlik munosabatlarida yangi bosqichga qadam qo‘ygani aytilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lamine Yamal sevgilisi bilan birga yashay boshladi
Foto: Getty Images

“Barselona” va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamine Yamal sevgilisi Ines Garsiya bilan birga yashay boshladi. Bu haqda “Vamos a ver” dasturida jurnalist Sandra Aladro ma’lum qilgan.

Manbaga ko‘ra, Ines Garsiya Yamalning uyiga ko‘chib o‘tgan. Shu tariqa juftlik munosabatlarida yangi bosqichga qadam qo‘ygani aytilmoqda.

Yamal va Garsiya o‘rtasidagi munosabatlar 2026-yil davomida ommaga ma’lum bo‘lgan. Ines Garsiya Ispaniya terma jamoasining JCh-2026dagi uchrashuvlarida ham futbolchini qo‘llab-quvvatlagan.

Ma’lumot uchun, Yamal 2026-yil 13-iyul kuni 19 yoshga to‘ldi. Ines Garsiya esa 9-iyul kuni 21 yoshini nishonlagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting