Lamin Yamalning uyiga o‘g‘rilar bostirib kirishga urindi
Ispaniya terma jamoasi va “Barselona” vingeri Lamin Yamalning Barselonadagi uyiga o‘g‘rilar bostirib kirishga urindi. Hodisa futbolchi JCh-2026 yarim finalida Fransiyaga qarshi uchrashuvda maydonda bo‘lgan vaqtda sodir bo‘lgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ikki nafar niqobli shaxs uy hududiga devor orqali kirishga harakat qilgan. Biroq Yamalning shaxsiy qo‘riqlash xizmati kuzatuv kameralari orqali ularni o‘z vaqtida payqab, xavfsizlik protokolini ishga tushirgan. Shundan so‘ng voqea joyiga politsiya yetib kelgan, gumondorlar esa qochib ketgan.
Hozirda Kataloniya politsiyasi ushbu holat yuzasidan tergov olib bormoqda. Huquq-tartibot organlari kuzatuv kameralari tasvirlari orqali gumondorlarning shaxsiga aniqlik kiritishga harakat qilmoqda.
Qayd etilishicha, so‘nggi oylarda Ispaniyada bir qator mashhur futbolchilarning uylariga ham o‘g‘rilik qilishga urinish holatlari qayd etilgan. Yamalning uyi atrofidagi ushbu voqea ham ana shunday jinoyatlar ketma-ketligining bir qismi bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.