locale OZ

Lamin Yamalning otasi o‘g‘lini Maradona bilan qiyosladi

Ispaniyalik iqtidor hozirda 18 yoshga toʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lamin Yamalning otasi o‘g‘lini Maradona bilan qiyosladi
FOTO: Getty Images

«Barselona» vingeri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui ijtimoiy tarmoqlarda o‘g‘liga bag‘ishlangan post qoldirdi va uni «ko‘k-anorranglilar» hamda Argentina terma jamoasining sobiq afsonasi Diyego Maradona bilan qiyosladi.

Eslatib o‘tamiz, Yamal La Liganing 23-turidan o‘rin olgan «Malyorka»ga qarshi bahsda (3:0) gol muallifiga aylangan edi.

«Shunchaki faxrli ota, oilamga barchasi uchun rahmat», — deb yozdi Munir Nasraui.

Hozirda 18 yoshda bo‘lgan Yamal «Barselona»ning asosiy jamoasida 2023 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Joriy mavsumda yosh iqtidor klub miqyosida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 13 ta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Nufuzli Transfermarkt portali Yamalning ayni damdagi bozor qiymatini 200 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting