locale OZ

Lamin Yamal yana La Ligada oyning eng yaxshi futbolchisi

U 22 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol va 9 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lamin Yamal yana La Ligada oyning eng yaxshi futbolchisi
ФОТО: Getty images

«Barselona»ning qanot hujumchisi Lamin Yamal dekabr oyi yakunlariga ko‘ra Ispaniya La Ligasida oyning eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etildi.

Yamal ketma-ket ikkinchi oydirki, ushbu sovrinni qo‘lga kiritmoqda. Noyabrda ham La Ligada aynan u tengsiz deb topilgandi.

Dekabr oyida La Liga bahslarida Yamal ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. U maydonga tushgan o‘yinlarda jamoasi ishonch bilan oldinga yurib, 5 ta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi.

Maʼlumot uchun, sentabr va oktabr oylarida bu sovrin «Real»ning fransiyalik hujumchisi Kilian Mbappega nasib etgandi.

Lamin bu mavsum «Barselona» safida barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda 22 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol va 9 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting