Lamin Yamal: «Umid qilamanki, «Barselona»da abadiy qolaman»
Ispaniyalik iqtidor kataloniyaliklarga boʻlgan sadoqati haqida gapirdi.
FOTO: Getty Images
«Barselona» hujumchisi Lamin Yamal o‘zining kelajagi borasidagi savollarga javob berdi. Yosh yulduz Kataloniya klubiga bo‘lgan sadoqatini yana bir bor ta’kidladi.
«Umid qilamanki, bu yerda abadiy qola olaman. Men har bir kundan zavq olyapman. Dunyoning eng yaxshi klubi va eng yaxshi shahrida ekanligimdan baxtiyorman», — deya Yamalning so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo nashri.
18 yoshli vingerning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar imzolangan bo‘lib, u jamoaning uzoq muddatli loyihalaridagi eng asosiy figura hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Yamal barcha turnirlar doirasida 28 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U o‘z hisobiga 13 ta gol va 13 ta samarali uzatmani yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist