locale OZ

Lamin Yamal «Oltin toʻp» uchun kurashda yetakchilik qilmoqda

The Touchline nashri mart oyi holatiga koʻra 2026 yilgi «Oltin toʻp» uchun daʼvogar boʻlgan 5 nafar futbolchi nomini eʼlon qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lamin Yamal «Oltin toʻp» uchun kurashda yetakchilik qilmoqda
FOTO: Getty Images

«Barselona» hujumchisi Lamin Yamal 2026 yilgi «Oltin to‘p» sovrini uchun kurashda asosiy favorit bo‘lib turibdi. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, kuchli beshlikdan «ko‘k-anorranglilar»ning yana bir a’zosi — Pedri ham joy olgan.

2026 yilgi «Oltin to‘p»ga da’vorgarlarning bugungi holatga ko‘ra yangilangan reytingi (The Touchline, 23 mart):

  1. Lamin Yamal («Barselona»);
  2. Harri Keyn («Bavariya»);
  3. Kilian Mbappe («Real Madrid»);
  4. Pedri («Barselona»);
  5. Erling Holand («Manchester Siti»).

Joriy mavsumda Lamin Yamal «Barselona» safida barcha turnirlar doirasida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol va 16 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Ayni damda kataloniyaliklar 73 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, Chempionlar Ligasida esa chorak finalga yo‘llanma olib, bu bosqichda «Atletiko»ga qarshi bahs olib boradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting