locale OZ

Lamin Yamal — La Liganing 2025/2026 yilgi mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi

Ispaniyalik yulduz oʻtgan mavsumda La Ligada 28 ta oʻyin oʻtkazdi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Lamin Yamal — La Liganing 2025/2026 yilgi mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi
FOTO: Getty Images

«Barselona» vingeri Lamin Yamal Ispaniya La Ligasida mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda Ispaniya chempionati rasmiy saytida xabar berilgan.

Ortda qolgan Primera mavsumida vinger kataloniyaliklar safida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Lamin Yamalning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, undagi tovlanish puli 1 milliard yevroni tashkil etadi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining ayni paytdagi transfer bahosi 200 million yevroga teng.

Ispaniya chempionatining yakunlangan mavsumi natijalariga ko‘ra, «Barselona» muddatidan oldin turnir jadvalida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi — kataloniyaliklar 38 ta uchrashuvda 94 ochko jamg‘arishdi. Madridning «Real» klubi 86 ochko bilan ikkinchi pog‘onadan joy olgan bo‘lsa, 72 ochko to‘plagan «Vilyarreal» kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting