Lamin Yamal Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi
«Barselona» jamoasining 18 yoshli hujumchisi Lamin Yamal o‘zining professional faoliyatidagi uchinchi La Liga sovrini egasiga aylandi. Avvalroq «ko‘k-anorranglilar» Madridning «Real» klubini 2:0 hisobida mag‘lub etib, 2025/2026 yilgi mavsumda Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
Lamin bundan oldin 2024/2025 yilgi mavsumda va ispaniyalik futbolchi uchun professional futboldagi debyut hisoblangan 2022/2023 yilgi kampaniyada ham mamlakat chempioni bo‘lgan edi. Shunday qilib, Yamal kataloniyaliklar bilan to‘rt mavsum ichida uchta La Liga chempionligiga erishdi. Taqqoslash uchun, Ronaldu Madridning «Real» klubidagi to‘qqiz mavsumi davomida bor-yo‘g‘i ikki marta Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan.
Qayd etish joizki, Yamalning «ko‘k-anorranglilar» safidagi jami sovrinlari soni 6 taga yetdi. La Ligadagi uchta g‘alabadan tashqari, uning hisobida bitta Ispaniya kubogi va ikkita mamlakat Superkubogi mavjud.
«Barselona» o‘z tarixida 29-marta Ispaniya chempionatida zafar quchdi.