locale OZ

Lamin Yamal Jahon chempionatlarida debyut qildi

Ispaniyalik yulduz 24 daqiqa davomida maydonda harakat qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lamin Yamal Jahon chempionatlarida debyut qildi
FOTO: Getty Images

Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal JCh-2026 guruh bosqichining 1-turidan oʻrin olgan Kabo-Verdega qarshi oʻyinda (0:0) milliy jamoa safida jahon birinchiliklari final bosqichidagi debyutini oʻtkazdi. Mazkur uchrashuv AQSHning Atlanta shahridagi «Mersedes-Bens Stedium» stadionida boʻlib oʻtdi. Bahsni iordaniyalik bosh hakam Adham Muhammad boshqarib bordi.

Yamal uchrashuvning 71-daqiqasida maydonga tushdi va samarali harakatlari bilan ajralib tura olmadi. Hakam tomonidan qoʻshib berilgan vaqtni hisobga olganda, futbolchi maydonda 24 daqiqa harakat qildi.

«H» guruhining 2-turida Ispaniya milliy terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan (21-iyun), 3-turda esa Urugvay bilan (27-iyun) toʻqnash keladi.

Maʼlumot uchun, guruh bosqichi musobaqalari 11-iyundan 27-iyungacha davom etadi. Jamoalar oʻzaro bir davrali tizimda (har biri tadan uchrashuv) oʻyin oʻtkazishadi. Pley-off bosqichiga har bir guruhdan ikkitadan eng yaxshi terma jamoa, shuningdek, uchinchi oʻrinni egallagan eng yaxshi 8 ta jamoa yoʻl oladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting