locale OZ

Lamin Yamal ikkinchi marta ketma-ket dunyoning eng qimmat futbolchisi deb topildi

CIES versiyasiga koʻra, 18 yoshli futbolchining transfer qiymati deyarli 360 mln  yevroni tashkil etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lamin Yamal ikkinchi marta ketma-ket dunyoning eng qimmat futbolchisi deb topildi
ФОТО: Getty images

Ispaniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Lamin Yamal Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) talqiniga koʻra dunyoning eng qimmat futbolchisi deb topildi.

18 yoshli Yamalning narxi 358,1 mln yevroni tashkil etdi. Uning eng yaqin ta’qibchisi Angliyaning “Manchester Siti” klubi norvegiyalik forvardi Erling Holand (227,3 mln yevro) boʻldi.

Kuchli uchlikni Ispaniyaning “Real” klubi fransiyalik hujumchisi Kilian Mbappe (165,7 mln yevro) yakunlab berdi.

Lamin Yamal CIES talqiniga koʻra ketma-ket ikkinchi marta dunyoning eng qimmat futbolchilari roʻyxatini boshqardi. 2025-yilda u 402,3 mln yevroga baholangan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting