locale OZ

Lamin Yamal “Galatasaroy” futbolchisining keskin gaplariga javob qaytardi: “Endi u meni taniydimi?”

“Barselona” navbatdagi uchrashuvini 17-oktabr kuni La Liga doirasida “Betis”ga qarshi o‘tkazadi.
Lamin Yamal “Galatasaroy” futbolchisining keskin gaplariga javob qaytardi: “Endi u meni taniydimi?”
Foto: Getty Images

“Barselona” vingeri Lamin Yamal Chempionlar ligasida “Galatasaroy”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng raqib jamoa yarim himoyachisi Mario Leminaning o‘ziga nisbatan bildirgan keskin fikrlariga javob qaytardi. Ispaniyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda raqibiga kinoyali murojaat yo‘lladi.

Mario Lemina uchrashuvdan avval Lamin Yamalning kimligini bilmasligini aytib, raqibini mensimagan. O‘yin davomida esa “Galatasaroy” yarim himoyachisi ispaniyalik futbolchini asabiylashtirishga uringan. Biroq Yamal provokatsiyalarga berilmay, maydondagi harakatlari bilan javob qaytargan.

Uchrashuvdan keyin Lamin Yamal o‘yinning eng yaxshi futbolchisiga berilgan sovrin bilan tushgan suratini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi. U suratga “Endi u meni taniydimi?” deya izoh qoldirib, Mario Leminaning o‘yinoldi gaplariga kinoyali javob berdi. Yosh vingerning ushbu posti futbol muxlislari orasida muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, 13-oktabr kuni Chempionlar ligasi doirasida o‘tkazilgan “Galatasaroy” — “Barselona” uchrashuvi kataloniyaliklarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Lamin Yamal bahs davomida ikkita golli uzatmani amalga oshirdi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. “Barselona” navbatdagi uchrashuvini 17-oktabr kuni La Liga doirasida “Betis”ga qarshi o‘tkazadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting