Lamin Yamal Chempionlar Ligasida «Barselona»ning tarixiy rekordini oʻrnatdi
«Barselona» vingeri Lamin Yamal «Nyukasl»ga qarshi o‘yinda gol urib, klub tarixidan joy oldi. Opta tahliliy portalining xabar berishicha, u jamoaning yevrokuboklardagi eng kech kiritilgan penalti muallifiga aylandi.
Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvda (1:1) 18 yoshli ispaniyalik iqtidor egasi Malik Tiav tomonidan Dani Olmoga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun belgilangan 11 metrlik jarima zarbasini sovuqqonlik bilan amalga oshirdi.
Lamin Yamal gol urgan soniyalarda taymerda 95:50 vaqti qayd etilgan edi. Bu «Barselona»ning Chempionlar Ligasi tarixidagi barcha o‘yinlari davomida penaltidan kiritgan eng so‘nggi goli bo‘lib qoldi.
Maʼlumot uchun, «Barselona» va «Nyukasl» o‘rtasidagi javob uchrashuvi 18 mart kuni Barselonadagi «Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tadi.