locale OZ

Lamin Yamal: «Biz jahon darajasidagi futbolchilarmiz, shuning uchun ham favorit hisoblanamiz»

Ispaniyalik futbolchi mundialdagi maqsadlari bilan oʻrtoqlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lamin Yamal: «Biz jahon darajasidagi futbolchilarmiz, shuning uchun ham favorit hisoblanamiz»
FOTO: Getty Images

Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal JCh-2026 «H» guruhi 2-turi doirasida Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan yirik gʻalabadan (4:0) soʻng milliy jamoaning istiqbollarini baholadi.

«Rodri — «Oltin toʻp» sohibi, Pedri, mening fikrimcha, dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi, bizda Niko Uilyams, Olmo, Oyarsabal bor... Ularning barchasi juda kuchli. Agar jamoaga biror narsa bilan yordam bera olsam, bundan xursand boʻlaman. Biz jahon darajasidagi futbolchilarmiz, shuning uchun ham favorit hisoblanamiz», — deya Yamalning soʻzlaridan iqtibos keltirmoqda AS nashri.

Oʻtkazilgan ikki oʻyindan soʻng Ispaniya terma jamoasi toʻrt ochko jamgʻargan holda «H» guruhi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

3-turda Ispaniya milliy jamoasi Urugvay bilan toʻqnash keladi (27-iyun).

Guruh bosqichi 11-iyundan 27-iyungacha davom etadi. Jamoalar oʻzaro bir davrali tizimda toʻqnash kelishadi (har bir jamoa uchtadan oʻyin oʻtkazadi). Pley-off bosqichiga har bir guruhdan ikkitadan eng yaxshi terma jamoa hamda uchinchi oʻrinni egallaganlar orasida eng yaxshi koʻrsatkichga ega boʻlgan sakkizta jamoa yoʻl oladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting