locale OZ

Lamin Yamal: “Alvares — ajoyib futbolchi, ammo “Barselona” tarkibidan mamnunman”

19 yoshli futbolchi argentinalik hujumchining saviyasini yuqori baholadi, biroq jamoaning hozirgi tarkibidan mamnun ekanini ta’kidladi.
Lamin Yamal: “Alvares — ajoyib futbolchi, ammo “Barselona” tarkibidan mamnunman”
Foto: Getty Images

“Barselona” vingeri Lamin Yamal “Atletiko” hujumchisi Xulian Alvaresning Kataloniya klubiga ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi. 19 yoshli futbolchi argentinalik hujumchining saviyasini yuqori baholadi, biroq jamoaning hozirgi tarkibidan mamnun ekanini ta’kidladi.

Yamalning aytishicha, “Barselona” ayni paytda hujumda muammoga duch kelmayapti va jamoa yetarlicha gollar urmoqda. “Alvares — ajoyib futbolchi, lekin men hozirgi tarkibimizdan juda mamnunman”, deya Yamalning so‘zlarini Diario Sport keltirgan.

Avvalroq OAVda Alvares “Barselona”ga o‘tishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq “Atletiko” argentinalik futbolchini to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibiga qo‘yib yuborishni istamayotgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Alvares “Atletiko” safida 2024-yildan beri to‘p surmoqda. O‘tgan mavsum u barcha turnirlarda 49 ta uchrashuvda 20 ta gol va 9 ta assist qayd etdi. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2030-yilgacha, Transfermarkt esa futbolchini 120 million yevroga baholamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting