Lamin Yamal: “19 yoshimda «Barselona» sardori bo‘lish — men uchun katta sharaf”
“Barselona” vingeri Lamin Yamal jamoa sardorlaridan biri etib saylanganiga munosabat bildirdi. 19 yoshli futbolchi bunday yoshda Kataloniya klubining sardorlik bog‘ichiga ega bo‘lishini katta sharaf deb atadi.
“19 yoshimda «Barselona» sardori bo‘lish — men uchun juda katta sharaf. Barcha jamoadoshlarimdan juda minnatdorman. Men juda baxtliman va jamoa uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman”, — dedi Yamal.
2026/27-yilgi mavsum uchun “Barselona”ning sardorlar guruhidan Rafinya, Pedri, Erik Garsiya, Frenki de Yong va Lamin Yamal joy oldi. Yamalning 19 yoshidayoq ushbu ro‘yxatga kirishi uning jamoadagi mavqei va ta’siri tobora oshib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Ma’lumot uchun, Lamin Yamal joriy La Liga mavsumida to‘rtta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. “Barselona” esa dastlabki to‘rt turdan so‘ng 12 ochko bilan chempionat peshqadami bo‘lib turibdi.