locale OZ

Lacazette \"Neom\" bilan qancha muddatli shartnoma imzolagani ma’lum bo‘ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lacazette "Neom" bilan qancha muddatli shartnoma imzolagani ma’lum bo‘ldi
Photo: Getty Images

Fransiyaning "Lion" hamda Angliyaning "Arsenal" klublarining sobiq to‘purari Aleksandr Lakazett faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.

Ma’lum bo‘lishicha, u Saudiya futboli oliy ligasining yangi a’zosi "Neom" klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

U neftga boy davlatning hozirgi shayxi tomonidan cho‘lda shahar qurish uchun o‘ylab topilgan ulkan loyiha doirasida ilgari surilmoqda. Aniqrog‘i, "Neom" hali mavjud bo‘lmagan shahar bo‘lib, uni 2040 yilgacha qurib bitkazish rejalashtirilgan.

Klubning o‘zi ham atigi 2023 yildan beri tashkil etilgan bo‘lib, Saudiya futbolining uchinchi kuchli ligasida o‘ynay boshlagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting