locale OZ

La Liganing eng yaxshi ikkinchi toʻpurari faoliyatini «Fenerbahche»da davom ettirishi mumkin

Tomonlar shartnoma shartlarini kelishib oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liganing eng yaxshi ikkinchi toʻpurari faoliyatini «Fenerbahche»da davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

Ispaniyaning «Malyorka» klubi hujumchisi Vedat Muriki Turkiyaning «Fenerbahche» jamoasi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. Bu haqda insayder Yagiz Sabunjuoglu xabar bermoqda.

Taʼkidlanishicha, 32 yoshli forvard Istanbul klubining yangi prezidenti Aziz Yildirimning asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Taniqli insayder Fabrisio Romano ham oʻzining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ushbu kelishuv yakunlanganini tasdiqladi va transfer summasini maʼlum qildi. Uning bergan maʼlumotiga koʻra, «Fenerbahche» kosovolik futbolchining oʻtishi uchun «Malorka»ga 15 million yevro toʻlaydi.

Ortda qolgan 2025/2026 yilgi mavsumda Muriki La Ligada 23 ta gol urib, «Barselona» vingeri Lamin Yamal hamda «Real» aʼzosi Vinisius Juniorni (ikkalasida ham 16 tadan gol) ortda qoldirgan holda, chempionat toʻpurarlari poygasida ikkinchi oʻrinni egalladi. Undan faqatgina «Real» hujumchisi Kilian Mbappe (25 ta gol) koʻproq gol urishga muvaffaq boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, muvaffaqiyatli mavsumga qaramay, «Malorka» jamoasi 38 ta oʻyinda 42 ochko jamgʻarib, turnir jadvalida 18-oʻrinni egalladi va Segundaga (Ikkinchi La Liga) tushib ketdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting