locale OZ

La Liganing eng koʻp maosh oluvchi besh nafar futbolchisi eʼlon qilindi

«Real»ning 4 nafar aʼzosi ushbu reytingdan oʻrin oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liganing eng koʻp maosh oluvchi besh nafar futbolchisi eʼlon qilindi
FOTO: Getty Images

Nufuzli L'Équipe nashri Ispaniya La Ligasining eng ko‘p maosh oluvchi besh nafar futbolchisi ro‘yxatini e’lon qildi. Madridning «Real» klubi hujumchilari Kilian Mbappe va Vinisius Junior ushbu reytingda peshqadamlik qilmoqdalar.

Ularning oylik daromadi soliqlar chegirib tashlanishidan oldin 2,67 million yevroni tashkil etadi.

Ispaniya chempionatining eng yuqori maosh oluvchi top-5 futbolchilari ro‘yxati (oylik maosh) quyidagicha ko‘rinish olgan:

  1. Kilian Mbappe («Real» Madrid) – 2,67 mln yevro;
  2. Vinisius Junior («Real» Madrid) – 2,67 mln yevro;
  3. David Alaba («Real» Madrid) – 1,88 mln yevro;
  4. Robert Levandovski («Barselona») – 1,73 mln yevro;
  5. Jud Bellingem («Real» Madrid) va Yan Oblak («Atletiko» Madrid) – 1,67 mln yevrodan.

Ayni damda La Liga turnir jadvalida «Barselona» 73 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. 69 ochkoga ega bo‘lgan Madridning «Real» klubi esa ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting