locale OZ

La Liga. «Vilyarreal» «Espanol»ni yengib, «Atletiko»ga yetib oldi

Bahsda jami 5 ta gol urildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Vilyarreal» «Espanol»ni yengib, «Atletiko»ga yetib oldi
ФОТО: Getty images

La Liganing 23-turida "Vilyarreal" o‘z maydonida "Espanyol"ni qabul qildi va 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, 35-daqiqada Jorj Mikautadze hisobni ochdi, 41-daqiqada esa mehmonlar futbolchisi Xose Salinas o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, oradagi farqni ikkita­ga oshirdi. Keyin Nikolas Pepe va Alberto Moleyro ham gol urdi va hisobni yiriklashtirdi. Ammo kataloniyaliklar a’zosi Leandro Cabrera asosiy vaqt oxirida hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, "sariq suvosti kemasi" o‘z ochkolarini 45 taga yetkazib, 3-o‘rinda borayotgan "Atletiko" bilan tenglashdi.

La Liga. 23-tur
Vilyarreal – Espanyol 4:1
Gollar: Mikautadze 38, Salinas 41 (avtogol), Pepe 50, Moleyro 55 - Cabrera, 88.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting