locale OZ

La Liga tarkiblari qiymati yangilandi: «Real» yetakchi, «Barselona» ikkinchi oʻrinda

Transfermarkt portali yangi statistikani e'lon qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga tarkiblari qiymati yangilandi: «Real» yetakchi, «Barselona» ikkinchi oʻrinda
FOTO: Getty Images

Nufuzli Transfermarkt internet portali La Liga klublari futbolchilarining bozor narxlarini yangiladi. Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Ispaniya chempionatida eng qimmat tarkibga Madridning «Real» klubi ega bo‘lib turibdi (1,22 milliard yevro). Ikkinchi o‘rindan «Barselona» joy olgan bo‘lsa (1,16 milliard yevro), kuchli uchlikni Madridning «Atletiko» klubi yakunlab berdi (577 million yevro).

«Real» ushbu yangilanishdan keyin futbolchilarining transfer qiymatida 10,9 foiz yo‘qotishga uchraganiga qaramay, reytingda yetakchilikni saqlab qolgan.

Ortda qolgan Ispaniya La Ligasi mavsumi yakunlariga ko‘ra, 95 ochko jamg‘argan «Barselona» chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. Madridning «Real» klubi esa 2025/2026 yilgi mavsumni turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasida yakunladi — «qaymoqranglilar» hisobida 86 ochko mavjud. 72 ochko jamg‘argan «Vilyarreal» esa kuchli uchlikdan joy olgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting