locale OZ

La Liga. «Sevilya» safarda «Rayo Valyekano»dan ustun keldi

Yagona gol 87-daqiqada kiritildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Sevilya» safarda «Rayo Valyekano»dan ustun keldi
ФОТО: Getty images

İspaniya chempionatining 7-turi doirasida "Sevilya" safarda "Rayo Valyekano"ni mag'lub etdi.

Madriddagi "Estadio Valekas" stadionida bo'lib o'tgan uchrashuv 1:0 hisobida andalusiyaliklar foydasiga hal bo'ldi. Yagona golni 87-daqiqada Xose Adams kiritdi.

90+8-daqiqada mezbonlar hujumchisi Serxio Kamello qizil kartochka oldi.

Ushbu natijadan so'ng Matias Almeidaning jamoasi "Sevilya" 10 ochko jamg'arib, La Liga turnir jadvalida 8-o'ringa ko'tarilib oldi. "Rayo Valyekano" esa 5 ochko bilan 16-o'rinda bormoqda.

La Liga. 7-tur

Rayo Valyekano 0:1 Sevilya

Gol: Xose Adams 87

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting