locale OZ

La Liga. «Sevilya» o'z maydonida «Atletiko»ni magʻlub etib, xavfli zonadan uzoqlashdi

Ispaniya chempionatining 31-tur oʻyinlari davom ettirildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Sevilya» o'z maydonida «Atletiko»ni magʻlub etib, xavfli zonadan uzoqlashdi
FOTO: Getty Images

Ispaniya La Ligasining 31-turi doirasida «Sevilya» hamda Madridning «Atletiko» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. «Ramon Sanches Pisxuan» stadionida kechgan bahsda mezbonlar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

O‘yinning 10-daqiqasida «Sevilya» hujumchisi Akor Adams penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 35-daqiqada «Atletiko» himoyachisi Xaver Bonyar muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 45+7-daqiqada esa mezbonlar himoyachisi Nemanya Gudel gol urib, jamoasini yana oldinga olib chiqdi va o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi — 2:1.

Ushbu bahsdan so‘ng, Madridning «Atletiko» klubi 31 o‘yindan 57 ochko jamlagan holda turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. «Sevilya» esa 34 ochko bilan 15-pog‘onadan joy olgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting