La Liga. «Real» safarda «Espanyol»ni ishonchli hisobda magʻlub etdi
Ispaniya La Ligasining 34-turidan o‘rin olgan «Espanyol» hamda Madridning «Real» jamoalari o‘rtasidagi bahs nihoyasiga yetdi. Barselonadagi «Kornelya-El Prat» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv mehmonlarning 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.
Madridliklar hujumchisi Vinisius Junior 55-daqiqada uchrashuvda hisobni ochgan bo‘lsa, 66-daqiqaga kelib «Espanyol» darvozasiga ikkinchi golni ham yo‘lladi va dubl qayd etdi.
La Liganing 34-turidan so‘ng Kataloniya klubi 39 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi. «Qirollik klubi» esa 77 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasidan joy olgan. Jadvalni 34 o‘yindan so‘ng 88 ochko to‘plagan «Barselona» boshqarib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, navbatdagi turda Madridning «Real» jamoasi 10 may kuni «Spotifay Kamp Nou» stadionida «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi.