locale OZ

La liga. «Real» «Real Sosyedad»ni yirik hisobda mag'lub etdi, Vinisiusdan dubl

Madrid klubi peshqadamga aylandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La liga. «Real» «Real Sosyedad»ni yirik hisobda mag'lub etdi, Vinisiusdan dubl
ФОТО: Getty images

Ispaniya chempionati — La Liganing 24-turi doirasida Real Madrid hamda "Real Sosyedad" o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bellashuv Madrid shahridagi "Santyago Bernabeu" stadionida o‘tkazildi.

Maydon egalari mazkur bahsda 4:1 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Hisobni 5-daqiqada Gonsalo Garsiya ochdi. 21-daqiqada mehmonlar hujumchisi Mikel Oyarzabal penaltidan aniq zarba yo‘llab, muvozanatni tikladi. 25-daqiqada esa "qiroilik klubi" vingeri Vinisius Junior penaltidan foydalangan holda, jamoasini yana oldinga olib chiqdi. 31-daqiqada Federiko Valverde uchinchi golni kiritdi. Ikkinchi taym boshida Vinisius Junior yana bir penaltini golga aylantirib, dubl rasmiylashtirdi.

24 turdan so‘ng madridliklar 60 ochko to‘plab, turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. "Real Sosyedad" esa 31 ochko bilan sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ispaniya — La Liga, 24-tur
Real Madrid — Real Sosyedad — 4:1
Gollar: 1:0 — Garsiya (5), 1:1 — Oyarzabal (21, pen.), 2:1 — Vinisius Junior (25, pen.), 3:1 — Valverde (31), 4:1 — Vinisius Junior (48, pen.)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting