locale OZ

La Liga. \"Real\" o‘z maydonida \"Selta\"ni mag‘lub etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. "Real" o‘z maydonida "Selta"ni mag‘lub etdi
Photo: Getty Images

Ispaniya chempionatining 34-turida “Real” o‘z maydonida “Selta”ni qabul qildi.

O‘yinning 33-daqiqasida “Real” yarim himoyachisi Arda Güler himoyachi Lukas Vaskesning uzatmasi bilan hisobni ochdi. 39-daqiqada hujumchi Kilian Mbappe "qaymoq ranglilar"ning ustunligini oshirdi. 48-daqiqada Mbappe hisobni yana oshirdi. 69-daqiqada “Selta” himoyachisi Xavi Rodriges gol urdi. 76-daqiqada hujumchi Villot Svedberg mehmonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi, - 3:2.

Bu g‘alabadan so‘ng “Real” 75 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. “Selta” esa 46 ochko bilan 7-o‘rinda ketmoqda.

La Liga. 34-tur

Real – Selta

Gollar: Güler 33, Mbappe 39, 48 (dubl) - Rodriges 69, Svedberg 76.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting