locale OZ

La Liga. «Real» o‘z maydonida «Espanyol»ni mag‘lub etdi

Madridliklar turnir jadvalida peshqadam.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Real» o‘z maydonida «Espanyol»ni mag‘lub etdi
ФОТО: Getty images

Ispaniya La Ligasining 5-turidan o‘rin olgan bahsda "Real" klubi "Espanyol"ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinda dastlab 22-daqiqada Eder Militao supergol urgan bo‘lsa, 47-daqiqada Kylian Mbappe ikkinchi gol muallifi bo‘ldi.

Shu tariqa, "Real" ushbu g‘alabadan so‘ng o‘z ochkolari hisobini 15 taga yetkazib, peshqadamliligini mustahkamlab oldi. "Espanyol" esa 10 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi.

La Liga. 5-tur
"Real Madrid" — "Espanyol" 2:0
Gollar: Militao (22), Mbappe (47).
Real — Kurtua, Karvaxal, Asensio, Militao, Karreras, Mastantuono (Brahim, 77), Valverde, Chuameni (Kamavinga 90), Vinisius (Rodrigo, 77), Garsiya (Guler, 61), Mbappe (Bellingem, 89).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting