locale OZ

La Liga. «Real» o'z maydonida «Elche»ni yirik hisobda magʻlub etdi

Ispaniya chempionatining 28-tur oʻyinlari start oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Real» o'z maydonida «Elche»ni yirik hisobda magʻlub etdi
FOTO: Getty Images

Ispaniya La Ligasining 28-turidan o‘rin olgan «Real Madrid» va «Elche» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tgan mazkur bahsda mezbonlar 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinning 39-daqiqasida himoyachi Antonio Ryudiger hisobni ochgan bo‘lsa, 45-daqiqada yarimhimoyachi Federiko Valverde «Real»ning ustunligini oshirdi. Ikkinchi bo‘limning 66-daqiqasida himoyachi Din Heysen hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi. 85-daqiqada mezbonlar futbolchisi Manuel Moran avtogol muallifiga aylandi. Uchrashuvning 89-daqiqasida esa Arda Gyuler o‘yinning yakuniy hisobini o‘rnatdi — 4:1.

Ushbu g‘alabadan so‘ng, 28 ta uchrashuvda 66 ochko jamg‘argan «Real Madrid» turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. «Elche» jamoasi esa 26 ochko bilan 17-pog‘onadan joy olgan.

Navbatdagi tur doirasida «Real Madrid» 22 mart kuni o‘z maydonida «Atletiko»ni qabul qilsa, «Elche» bir kun avval «Malyorka» jamoasi bilan bahs olib boradi.

La Liga. 28-tur

«Real» — «Elche» 4:1

Gollar: Ryudiger (39), Valverde (45), Heysen (66), Gyuler (89) — Moran (avtogol, 85).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting