La Liga. «Real» mavsumni g'alaba bilan boshladi
Фото: Getty Images
Ispaniya chempionatining 1-turining so'nggi bahsida “Real” klubi Madridning “Osasuna”sini qabul qildi.
Uchrashuv 1:0 hisobida “qirolicha” klub g'alaba qozondi. Yagona gol 51-daqiqada Kilian Mbappe tomonidan penaltidan kiritildi. Ushbu gol esa o'yin taqdirini hal qildi.
Shu tariqa, Xabi Alonso Madrid klubidagi La Ligadagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi.
Ma'lumot o'rnida, "qaymoqranglilar" navbatdagi uchrashuvini 24-avgust kuni "Oviedo"ga qarshi o'tkazadi.
La Liga. 1-tur
“Real” 1:0 “Osasuna”
Gol: Kilian Mbappe 51 (pen)
Bahrom Bobonov
Redaktor