locale OZ

La Liga. «Real» Kataloniyada ochko yo‘qotdi

Madrid klubi 2-o‘rinda qoldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Real» Kataloniyada ochko yo‘qotdi
ФОТО: Getty images

Ispaniya chempionatining 14-turida “Real” Kataloniyada “Jirona”ga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuv 1:1 hisobi bilan durang natija bilan yakuniga yetdi. Dastlab, to‘qnashuvning 45-daqiqasida Azzedin Unahi hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 67-daqiqasida esa Kilian Mbappe 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalangan holda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu bellashuvdan so‘ng "qirolicha klub" ochkolar sonini 33 taga yetkazib, 2-o‘rinda qoldi. "Barselona" esa 34 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting