La Liga. «Real» derbida «Rayo Valekano»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
La Liga. «Real» derbida «Rayo Valekano»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Bellashuvda Mbappe dublni rasmiylashtirdi. Karreras va Bellinghem ham o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi.
Ispaniya chempionatining 5‑turida «Real» derbida «Rayo Valekano»ni qabul qilib, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda dastlab Mbappe 14-daqiqada penaltidan hisobni ochdi.
Oradan uch daqiqa o‘tib, Karreras farqni ikkitaga oshirdi. 35-daqiqada Bellinghem 3-golni urdi. Ikkinchi bo‘limda mehmonlar farqni qisqartirdi. 90+1-daqiqada Mbappe bellashuvda dublni rasmiylashtirdi.
Shu tariqa, «Real» ochkolari soninin 12 taga yetkazib, 2-o‘rinda bormoqda. «Rayo Valekano» esa 4 ochko bilan 15-pog‘onada.
La Liga. 5-tur
Real – Rayo Valekano 4:1
Gollar: Mbappe 14 penalti, 90+1, Karreras 17, Bellinghem 35 – Kamello 51.
Real – Kurtua, Dumfris, Konate, Ryudiger, Karreras, Silva (Chuameni, 69), Valverde (Kamavinga, 46), Diomande (Guler, 72), Bellinghem, Vinisius (Kukurelya, 89), Mbappe.
Rayo Valekano – Audero, Ratsiu, Lejyon, Siss, Pedrosa (Balyu, 86), Buare (Valentin, 67), Lopes (Sadik, 75), Sitaishvili, Dias (Belaid, 67), Alvaro Garsiya, Kamello (Juravski, 75).
Ogohlantirish: Siss 76.