locale OZ

La Liga. «Real» derbida «Atletiko»ni qiyinchilik bilan magʻlub etdi

Vinisius uchrashuvda dubl qayd etgan boʻlsa, Valverde qizil kartochka bilan jazolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Real» derbida «Atletiko»ni qiyinchilik bilan magʻlub etdi
FOTO: Getty Images

Ispaniya La Ligasining 29-turi doirasida Madridning ikki grandi — «Real» hamda «Atletiko» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. «Santyago Bernabeu» stadionida kechgan bahsda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 33-daqiqasida «Atletiko» hujumchisi Ademola Lukman hisobni ochib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Tanaffusdan so‘ng, 52-daqiqada Vinisius Junior penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi. 55-daqiqada yarimhimoyachi Federiko Valverde «qirollik klubi»ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 67-daqiqada mehmonlar himoyachisi Nauel Molina hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq 72-daqiqada Vinisius Junior dublni rasmiylashtirib, yakuniy 3:2 hisobini o‘rnatdi.

Qayd etish joizki, 77-daqiqada «Real» vakili Federiko Valverde raqib oyog‘ini bosib olgani uchun qizil kartochka bilan jazolandi va maydonni tark etdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Alvoro Arbeloa shogirdlari 69 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Diego Simeone boshqaruvidagi «Atletiko» esa 57 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onada bormoqda.

Navbatdagi turda «Real» 4 aprel kuni safarda «Malyorka» mehmoni bo‘ladi. «Atletiko» esa xuddi shu kuni o‘z maydonida «Barselona»ga qarshi muhim bahsda maydonga tushadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting