locale OZ

La Liga. «Real» «Betis»ga qarshi oʻyinning soʻnggi daqiqasida gʻalabani qoʻldan chiqardi

Madrid klubi «Barselona»dan sezilarli darajada qolib ketdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Real» «Betis»ga qarshi oʻyinning soʻnggi daqiqasida gʻalabani qoʻldan chiqardi
FOTO: Getty Images

Ispaniya La Ligasining 32-turidan o‘rin olgan «Betis» va Madridning «Real» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi. Yakunda tomonlar 1:1 hisobidagi durang natija qayd etishdi.

O‘yinning 17-daqiqasida «qirollik klubi» hujumchisi Vinisius Junior hisobni ochdi. Biroq 90+4-daqiqada mezbonlar himoyachisi Ektor Belerin muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.

La Liganing 32 ta o‘yinidan so‘ng «Betis» 50 ochko jamg‘argan holda beshinchi o‘rinni egallab turibdi. «Real» esa 74 ochko bilan turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasidan joy olgan.

Navbatdagi turda Manuel Pellegrini shogirdlari «Oviedo» bilan kuch sinashsa (3 may), Alvaro Arbeloa boshqaruvidagi jamoa «Espanyol»ga qarshi maydonga tushadi (3 may).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting