locale OZ

La Liga. «Real» 90+4-daqiqada urilgan gol evaziga «Selta»ni magʻlub etdi

Madrid klubi soʻnggi ikki oʻyinda magʻlub boʻlgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Real» 90+4-daqiqada urilgan gol evaziga «Selta»ni magʻlub etdi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi La Liganing 27-turi doirasida «Selta»ga qarshi kechgan dramatik bahsda g‘alabani ilib ketdi (2:1). Vigodagi uchrashuv muxlislarni so‘nggi soniyalargacha hayajonda ushlab turdi.

11-daqiqada Aurelian Tchuameni hisobni ochdi, biroq mezbonlar taslim bo‘lishmadi va Borxa Iglesias birinchi bo‘limdayoq muvozanatni tikladi.

«Qaymoqranglilar»ga g‘alabani 94-daqiqada Federiko Valverde tomonidan kiritilgan gol taqdim etdi.

Ushbu g‘alaba Alvaro Arbeloa shogirdlari uchun juda muhim edi, chunki jamoa bungacha ketma-ket ikki o‘yinda («Xetafe» va «Osasuna»ga qarshi) mag‘lub bo‘lgan edi. Ushbu turdan so‘ng «Real» 63 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda, «Selta» esa oltinchi pog‘onani egallab turibdi.

La Liga. 27-tur

«Selta» — «Real» 1:2

Gollar: Iglesias (25) — Tchuameni (11), Valverde (90+4).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting