locale OZ

La Liga. Rafinyaning xet-trigi «Barselona»ga «Sevilya» ustidan g‘alaba keltirdi

Kataloniya klubi peshqadamligini davom ettirmoqda.
La Liga. Raphinhaning xet-trigi «Barselona»ga «Sevilya» ustidan g‘alaba keltirdi
ФОТО: Getty images

«Barselona» Ispaniya La Ligasining 7-turida safarda «Sevilya»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

Mezbonlar 19-daqiqada hisobni ochdi. «Milan»dan ijara asosida kelib qo‘shilgan Yussuf Fofana gol muallifi bo‘ldi.

Kataloniyaliklarga g‘alabani Rafinyaning xet-trigi keltirdi. 29 yoshli braziliyalik futbolchi 22-daqiqada hisobni tenglashtirdi, 52-daqiqada «Barselona»ni oldinga olib chiqdi va 69-daqiqada uchinchi golini urdi.

Shu tariqa, Rafinyaning joriy mavsumda La Ligada urgan gollari soni 12 taga yetdi. U bu natijani atigi 7 turda qayd etdi.

Raphinha XXI asrda La Liga mavsumining dastlabki 7 ta uchrashuvida kamida 10 ta gol urgan uchinchi futbolchi bo‘ldi.

«Barselona» mavsum boshidan buyon ketma-ket yettinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi va 21 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 13 ochkoga ega «Sevilya» esa beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting