locale OZ

La Liga. «Osasuna» 90+9-daqiqada urilgan gol evaziga «Sevilya»ni magʻlub etdi

«Osasuna» navbatdagi turda «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Osasuna» 90+9-daqiqada urilgan gol evaziga «Sevilya»ni magʻlub etdi
FOTO: Getty Images

Ispaniya La Ligasining 32-turidan o‘rin olgan «Osasuna» hamda «Sevilya» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. O‘yin Pamplonadagi «El-Sadar» stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvda hisob 69-daqiqada «Sevilya» hujumchisi Nil Mope tomonidan ochildi. 80-daqiqaga kelib, mezbonlar forvardi Raul muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. «Osasuna»ga g‘alaba keltirgan golni esa 90+9-daqiqada himoyachi Alexandro Katena kiritdi — 2:1.

Ispaniya chempionatining 32 ta o‘yinidan so‘ng (jadval 32-tur yakunlariga asoslangan) «Osasuna» 42 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida to‘qqizinchi o‘rinni egallab turibdi. «Sevilya» esa 34 ochko bilan 18-pog‘onadan joy olgan.

Navbatdagi turda «Osasuna» o‘z maydonida «Barselona»ni qabul qiladi (2 may), «Sevilya» esa bir kundan keyin «Real Sosedad»ga qarshi maydonga tushadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting