locale OZ

La Liga klubi Fati uchun jiddiy qiziqish bildirmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga klubi Fati uchun jiddiy qiziqish bildirmoqda
Photo: Getty Images

"Barselona" klubi hujumchisi Ansu Fati faoliyatini Ispaniya chempionatining boshqa klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Todofichajes portali jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 22 yoshli futbolchini "Selta" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Vigoliklar yozda Fatini o'z safiga qo'shib olishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Futbolchi "ko'k-anorranglilar" bilan 2027 yilning iyun oyi oxirigacha shartnoma majburiyatlariga ega. Transfermarkt portali tomonidan uning narxi atigi besh million yevroga baholanmoqda.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida hujumchi kataloniyaliklar safida beshta o'yin o'tkazib, ularda gol va assist qayd etmadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting