locale OZ

La Liga. «Jirona» «Barselona»ni irodali tarzda mag‘lub etdi

Ispaniya chempionatida 24-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Jirona» «Barselona»ni irodali tarzda mag‘lub etdi
ФОТО: Getty images

Ispaniya La Ligasining 24-turidan o‘rin olgan ‘Girona’ va ‘Barselona’ jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

Unda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab 45+3-daqiqada Lamin Yamal penalti tepishda muvaffaqiyatsizlikka uchradi — to‘p darvoza ustuniga tegdi. 59-daqiqada Pau Kubarsi hisobni ochib, ‘ko‘k-anorranglilar’ni oldinga olib chiqdi. 62-daqiqada Toma Lemar javob golini urdi. G‘alaba to‘pini esa 87-daqiqada Fran Beltran kiritdi.

Natijada ‘Girona’ 29 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida 12-o‘rinda bormoqda, ‘Barselona’ esa 58 ochko bilan ikkinchi pog‘onani egallab turibdi.

La Liga, 24-tur

‘Girona’ — ‘Barselona’ — 2:1

Gollar: Kubarsi, 59 (0:1). Lemar, 62 (1:1). Beltran, 87 (2:1).

Amalga oshirilmagan penalti: Yamal, 45.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting