La Liga irqchilikka uchragan Vinisiusni qoʻllab-quvvatladi
Ispaniya La Ligasi Ispaniya Kubogi 1/8 finalida «Real»ning «Albasete»ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan uchrashuvi vaqtida madridliklar vingeri Vinisius Juniorga qaratilgan irqchilik ruhidagi haqoratlarni keskin qoraladi.
«La Liga har qanday irqchilikka asoslangan haqoratlarni qat’iyan qoralaydi. Maydonda ham, uning tashqarisida ham nafratga o‘rin yo‘q. Vinisius, La Liga sen bilan. Futbolimiz kuchi — irqchilikka qarshi», — deyiladi tashkilotning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy bayonotida.
Avvalroq braziliyalik futbolchi uchrashuvoldi qizish mashqlari vaqtida «Albasete» muxlislari tomonidan irqchilik ruhidagi haqoratlarga uchragani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda Vinisius Junior barcha musobaqalar doirasida «Real» safida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.