locale OZ

La Liga, «Espanyol» o’z maydonida «Sevilya»dan ustun keldi

Ispaniya chempionatida 13-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga, «Espanyol» o’z maydonida «Sevilya»dan ustun keldi
ФОТО: Getty images

Ispaniya Primerasining 13-turidan o‘rin olgan “Espanyol” – “Sevilya” uchrashuvi yakuniga yetdi. O‘yinda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuvdagi birinchi golni ikkinchi bo‘limning 48-daqiqasida kataloniyaliklar hujumchisi Pere Milla kiritdi. “Espanyol” hujumchisi Roberto Fernandes 84-daqiqada jamoasining ustunligini mustahkamladi va oradan ikki daqiqa o‘tib mehmonlar himoyachisi Markuao hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Bu o'yindan keyin "Sevilya" 16 ochko turnir jadvalda 11-o'rinda, "Espanyol" esa 21 ochko bilan oltinchi o'rinda bormoqda.

La Liga. 13-tur

Espanyol 2:1 Sevilya

Gollar: Milya 48, Fernandes 84 – Markan 86

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting