La Liga. «Elche» «Valensiya»ni magʻlub etib, xavfli zonadan uzoqlashdi
Ispaniya chempionatining 31-tur oʻyinlari davom ettirildi.
FOTO: Getty Images
Ispaniya La Ligasining 31-turi doirasida «Elche» hamda «Valensiya» jamoalari o‘rtasidagi bahs yakuniga yetdi. «Manuel Martines Valero» stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
O‘yindagi yagona golga 73-daqiqada «Elche» hujumchisi Lukas Sepeda mualliflik qildi.
Ushbu bahsdan so‘ng «Valensiya» 35 ochko bilan turnir jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi. «Elche» esa 32 ochko bilan 16-pog‘onadan joy olgan.
Navbatdagi turda «Valensiya» 25 aprel kuni o‘z maydonida «Jirona»ni qabul qiladi, «Elche» esa bir kun o‘tib safarda «Oviedo» mehmoni bo‘ladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist