locale OZ

La Liga. «Betis» o’z maydonida «Oviedo»ni yirik hisobda mag’lub etdi

O'yinda jami 3 ta gol urildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Betis» o’z maydonida «Oviedo»ni yirik hisobda mag’lub etdi
ФОТО: Getty images

Ispaniya La Ligasining 34-turidan o‘rin olgan “Betis” va “Oviedo” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘yin mezbonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindagi hisobni 22-daqiqada “Betis” hujumchisi Kucho Ernandes ochdi. 45-daqiqada hujumchi Abde Ezzalzuli mezbonlarning ustunligini ikkitaga oshirdi. Ernandes 59-daqiqada dublni rasmiylashtirib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. “Oviedo” hujumchisi Federiko Vinyasning 53-daqiqada urgan goli VAR tekshiruvidan so‘ng bekor qilindi.

Sevilya jamoasi 53 ochko jamg‘argan holda Ispaniya chempionati turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Oviedo klubi esa 28 ochko bilan so‘nggi, 20-pog‘onada joylashgan.

La Liga. 34-tur
Betis – Real Oviedo 3:0
Gollar: Ernandes 22, 59, Ezzalzuli 45

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting