La Liga. «Betis» Madridda «Atletiko»ni mag‘lub etdi
Antoni yagona gol muallifi bo'ldi.
ФОТО: Getty images
Ispaniya La Ligasining 23-turidan o‘rin olgan "Atletiko Madrid" va "Betis" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bahsda mehmonlar 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
O‘yindagi yagona gol 28-daqiqada "Betis" vingeri Antoni tomonidan kiritildi.
Ispaniya chempionatining 23 ta o‘yinidan so‘ng "Atletiko" 45 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. "Betis" esa 38 ochko bilan beshinchi pog‘onada joylashgan.
La liga. 23-tur.
"Atletiko" — "Betis" — 0:1
Gol: Antoni 28.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist