locale OZ

La Liga. «Barselona» safarda «Oviedo»ni mag'lub etdi

Kataloniyaliklar 16 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Barselona» safarda «Oviedo»ni mag'lub etdi
ФОТО: Getty images

"Barselona" Ispaniya chempionatining 6-turida "Oviedo"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.

Uchrashuvning 33-daqiqasida mezbonlar yarim himoyachisi Alberto Reyna hisobni ochdi. Uning goli birinchi bo‘limda yagona bo‘lib qoldi. Tanaffusdan so‘ng kataloniyaliklar safida Erik Garsiya gol urib, hisobni tenglashtirishga erishdi. Uchrashuvning 70-daqiqasida Robert Levandovski mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi, so‘nggi daqiqalarda esa Ronald Araujo Markus Reshfordning uzatmasidan foydalanib, "ko‘k-anorranglilar" ustunligini yanada mustahkamladi.

"Barselona" 16 ochko to‘plab, turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. "Oviedo" esa 3 ochko bilan 18-pog‘onada joylashgan.

La Liga, 6-tur

Real Oviedo - Barselona - 1:3

26 sentyabr 2025 yil, juma, 00:30

Gollar: Reyna, 33 (1:0). E. Garsiya, 56 (1:1). Levandovski, 70 (1:2). Araujo, 88 (1:3)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting