locale OZ

La Liga. «Barselona» safarda «Atletiko Madrid» ustidan muhim g‘alabaga erishdi

Shu tariqa, kataloniyaliklar turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamlab oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Barselona» safarda «Atletiko Madrid» ustidan muhim g‘alabaga erishdi
FOTO: Getty Images

Ispaniya chempionatining 30-turi doirasida turnir jadvali yetakchisi «Barselona» Madridda «Atletiko» mehmoni bo‘ldi. Keskin kurashlar va kutilmagan voqealarga boy o‘tgan uchrashuv mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 39-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Juliano Simeone hisobni ochib, madridliklarni oldinga olib chiqdi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay, 42-daqiqada Markus Reshford muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda (45+7-daqiqa) «Atletiko» yarim himoyachisi Nikolas Gonsales Lamin Yamalga nisbatan qo‘pol harakati uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida hakam VAR tizimidan foydalangan holda «Barselona» himoyachisi Xerar Martinning chetlatilishini bekor qildi. Takroriy lavhalar futbolchi raqib oyog‘ini bosib olishdan avval to‘pga o‘ynaganini ko‘rsatdi. O‘yin yakunlanishi arafasida, 87-daqiqada Robert Levandovski hal qiluvchi golni urib, jamoasiga uch ochko keltirgan natijani qayd etdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng XHans-Diter Flik shogirdlari ochkolarini 76 taga yetkazib, peshqadamlikni mustahkamlashdi. Diego Simeone boshqaruvidagi «Atletiko» esa 57 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onada qolmoqda.

11 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi turda «Barselona» o‘z maydonida «Espanyol»ni qabul qiladi, «Atletiko» esa safarda «Sevilya» mehmoni bo‘ladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting