La Liga. «Barselona» safarda «Atletik»ni mag‘lub etib, peshqadamlikni mustahkamladi
Uchrashuv taqdirini birgina gol hal qildi.
FOTO: Getty Images
Ispaniya La Ligasining 27-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvlardan biri o‘z yakuniga yetdi. Bilbaodagi «San-Mames Barriya» stadionida kechgan bahsda mezbon «Atletik» klubi Kataloniyaning «Barselona» jamoasini qabul qildi.
Xose Munuera Montero boshqarib borgan keskin va murosasiz o‘tgan bellashuvda mehmonlar minimal hisobda g‘alabani tantana qilishdi. Uchrashuvdagi yagona gol 68-daqiqada «Barselona» yosh iqtidor egasi Lamin Yamal tomonidan kiritildi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng, 27-turdan keyin 67 ochko jamg‘argan «Barselona» Ispaniya chempionati turnir jadvalida yaqqol peshqadamlik qilmoqda. Bilbaoliklar esa 35 ochko bilan musobaqa jadvalining to‘qqizinchi pog‘onasida bormoqda.
La Liga. 27-tur
«Atletik» — «Barselona» 0:1
Gol: Yamal (68).
Nasrullo Karimov
Jurnalist