locale OZ

La Liga. «Barselona» «Real»ni mag‘lub etib, muddatidan avval chempionlikni qoʻlga kiritdi

Uchrashuvda Reshford va Ferran oʻz nomlarini tabloga yozdirib qoʻydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Barselona» «Real»ni mag‘lub etib, muddatidan avval chempionlikni qoʻlga kiritdi
FOTO: Getty Images

Ispaniya La Ligasining 35-turi doirasida markaziy bahs — «Barselona» va Madridning «Real» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. «Spotifay Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinni bosh hakam Alexandro Ernandes boshqarib bordi. Mazkur bahsda maydon egalari 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida «Barselona» hujumchisi Markus Reshford hisobni ochgan bo‘lsa, 18-daqiqada Ferran Torres «ko‘k-anorranglilar»ning ustunligini mustahkamladi. Yakuniy hisob — 2:0.

Ushbu g‘alabadan so‘ng, «Barselona» ochkolari sonini 91 taga yetkazdi va muddatidan oldin Ispaniya chempionligini rasmiylashtirdi. Madridning «Real» jamoasi esa 77 ochko bilan ikkinchi pog‘onada qolmoqda. Chempionat yakunlanishiga 3 tur qolgan bir paytda, «Barselona» o‘z tarixida 29-marta mamlakat chempionligini nishonlaydigan bo‘ldi.

Navbatdagi turda Hans-Diter Flik shogirdlari 13 may kuni safarda «Alaves» mehmoni bo‘lishadi. Alvaro Arbeloa boshqaruvidagi madridliklar esa bir kun o‘tib o‘z maydonlarida «Oviedo»ni qabul qilishadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting