La Liga. «Barselona» o‘z maydonida yirik hisobda g‘alaba qozondi
Ferran dublga erishdi.
ФОТО: Getty images
Ispaniya La Ligasi 5-turidan o‘rin olgan “Barselona” va “Xetafe” o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. Yakunda esa mezbonlar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab Ferran Torres 15 va 34-daqiqalarda gol urib, dubl qayd etdi. 62-daqiqada esa Dani Olmo hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng kataloniyaliklar ochkolari hisobini 13 taga yetkazib oldi va turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Xetafe” esa 9 ochko bilan 8-o‘rinni band etgan.
La Liga. 5-tur
"Barselona" — "Xetafe" 3:0
Gollar: Ferran (15, 34), Olmo (62).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist