locale OZ

La Liga. «Barselona» o‘z maydonida «Sevilya» darvozasiga 5 ta gol urdi, Rafinyadan xet-trik

Kataloniya klubi "Real" bilan farqni 4 ochkoga yetkazdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Barselona» o‘z maydonida «Sevilya» darvozasiga 5 ta gol urdi, Rafinyadan xet-trik
ФОТО: Getty images

“Barselona” Ispaniya chempionatining 28-turi doirasida kechgan bahsda “Sevilya” ustidan yirik g‘alabaga erishdi — 5:2.

Mezbonlar safida Rafinya xet-trik qayd etdi — u gollarining ikkitasini penaltilardan, birini esa o‘yindan kiritdi.

Shuningdek, Dani Olmo va Joau Kanselu ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Barselona" ochkolari sonini 70 taga yetkazdi va La Liga turnir jadvalidagi peshqadamligini yanada mustahkamladi. "Sevilya" esa 31 ochko bilan 14-pog‘onada bormoqda.

Ispaniya La Ligasi. 28-tur

"Barselona" — "Sevilya" — 5:2
Gollar: Rafinya (9 penalti, 21 penalti, 51), Olmo (38), Kanselu (60) — Oso (45+3), Sou (90+2).
Barselona — Garciya, Espart, Kubarsi, Martin, Kanselu (Arauxo, 66), Pedri (Fermin, 46), Bernal (Kasado, 67), Olmo, Bardakchi (Yamal, 67), Rafinya (Gavi, 82), Levandovski.
Sevilya — Vlahodimos, Xuanlu, Kuassi (Kastrin, 70), Gudel, Suazo (Vargas, 46), Agume (Bueno, 78), Sou, Karmona (Ejuke, 46), Sanches, Oso, Adams (Mope, 46).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting