locale OZ

La Liga. «Barselona» o‘z maydonida «Malyorka»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Ispaniya chempionatining 23-tur oʻyinlariga start berildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Barselona» o‘z maydonida «Malyorka»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
FOTO: Getty Images

Ispaniya La Ligasining 23-turi doirasida «Barselona» va «Malyorka» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Ushbu bahsda mezbonlar 3:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning 29-daqiqasida «Barselona» hujumchisi Robert Levandovski hisobni ochdi. 61-daqiqada «ko‘k-anorranglilar» forvarda Lamin Yamal jamoasining ustunligini mustahkamladi. O‘yin yakunlanishi arafasida, 83-daqiqada esa yarimhimoyachi Mark Bernal raqib darvozasiga uchinchi golni yo‘llab, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 3:0.

Ispaniya chempionatining 23 ta turidan so‘ng «Barselona» 58 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. «Malyorka» esa 24 ochko bilan 13-pog‘onani band etib turibdi.

La Liga. 23-tur

«Barselona» — «Malyorka» 3:0

Gollar: Levandovski (29), Yamal (61), Bernal (83).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting